Joriy yilning 2-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamda AloqaBank tomonidan tashkil etilgan aloqa sohasi xodimlari o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro shaxmat akademiyasida tashkil etilib aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, xususan yosh mutaxassislarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va ularning aqliy sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Musobaqa jarayonida xodimlar o‘zaro bellashib, o‘zlarining aqliy va strategik fikrlash mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur turnirda g'olib bo'lganlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.