Startupstan Summit 2024 12-13 oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tib, Markaziy Yevroosiyoda innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda startaplar va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratildi. Sammitda startap asoschilari, investorlar va turli soha vakillaridan iborat 50 dan ortiq spikerlar qatnashdi. Tadbir davomida innovatsion texnologiyalar, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy startap ekotizimi haqidagi qimmatli ma'lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, AloqaVentures tomonidan investitsiya kiritilgan ilk startaplardan biri — Zypl.ai ham tadbirda o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, loyiha yutuqlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Zypl.ai — moliyaviy institutlar uchun ilg‘or kredit skoring modellarini yaratishda sintetik ma'lumotlardan foydalanuvchi generativ AI startapi hisoblanadi. Ushbu texnologiya banklar va moliyaviy tashkilotlarga kredit skoring tizimini sunʼiy intellekt orqali mukammallashtirishga imkonini beradi. Sammitning asosiy maqsadi Markaziy Yevroosiyodagi startaplarni global bozorga olib chiqish va ularni xalqaro venchur kapitali bilan bog‘lashdir. AloqaVentures fondi tadbir davomida yangi startap loyihalariga sarmoya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, tadbir doirasida investorlar va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlab, davra suhbatlari va panel uchrashuvlarda faol ishtirok etdi.