Joriy yil 24–25-iyun kunlari Samarqandda o'tkazilayotgan GCC–Uzbekistan Digital & Tech Forum doirasida Fors ko‘rfazi davlatlari va O‘zbekiston o‘rtasida texnologik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Tadbir doirasida IT Park Ventures tomonidan 5 ta istiqbolli startapga $1 560 000 miqdorida investitsiya kiritildi. Quvonarlisi, ushbu loyihalarning 3 tasi AloqaVentures portfelidagi startaplardir:

  • ➕ BITO ERP – $100 000
    Mahalliylashtirilgan ERP tizimiga asoslangan biznes boshqaruv platformasi. AloqaVentures tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ushbu loyiha O‘zbekistonda biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladi.
  • Cradle Vision Tech – $110 000
    AI asosida ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi texnologiyasi. AloqaVentures portfelida joylashgan ushbu startap global Plug and Play akseleratsiyasiga qabul qilingan.
  • Coozin – $50 000
Uy taomlarini yetkazib berish va pazandachilikni raqamlashtirishga qaratilgan innovatsion platforma.