Ana yubiley-u mana yubiley!

AloqaBankning 30 yillik yubileyi arafasida «UzCard» milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlikda Sizga ajoyib yangiligimiz bor. Biz o‘zimizning sadoqatli mijozlarimiz uchun maxsus sovg‘a tayyorladik – zamonaviy va qulay “Jetour Dashing” avtomobili!

Bu sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun Sizdan faqatgina quyidagi shartlarni bajarishingiz talab etiladi:

- “Zoomrad” ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
- 1-bosqich (17.06.2024-17.09.2024): “Zoomrad” ilovasi orqali 200 000 so‘m yoki undan ko‘p miqdorda pul o‘tkazmasini yoki istalgan turdagi to‘lovlarni amalga oshiring (AloqaBank bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar hisobga olinmaydi).
- 2-bosqich (17.09.2024-17.12.2024): “Zoomrad” ilovasi orqali 300 000 so‘m yoki undan ko‘p miqdorda pul o‘tkazmasini yoki istalgan turdagi to‘lovlarni amalga oshiring (AloqaBank bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar hisobga olinmaydi).

Ushbu ikki bosqichda Sizga 20 000 000, 15 000 000 va 10 000 000 so‘m pul yutuqlari va bir nafar omadli mijozimizga “Jetour Dashing” avtomobili sovg‘a sifatida topshiriladi. Har bir to‘lov va o‘tkazmalar Sizning g‘olib bo‘lish imkoniyatingizni oshiradi. Shoshiling, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va “Jetour Dashing” avtomobilining baxtli sohibiga aylaning!

AloqaBankning 30 yillik shodiyonasida birga bo‘ling!