6b0a0360-bfa9-42e5-9cef-faea9201ce56

AloqaBank xalqaro miqyosda e’tirof etildi!

Ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish bo'yicha davlat loyihasi doirasida bank Entrust MX2100 uskunasida DOD (Drop-on-Demand) yassi bosib chiqarish texnologiyasini joriy etgan mintaqadagi ilk banklardan biri bo'ldi.

Ushbu innovatsion texnologiya ijtimoiy kartalarni yuqori sifatda personalizatsiya qilish imkonini berdi va bank kartalari sohasida zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Ushbu yutuq Entrust kompaniyasi tomonidan Innovation Champion Central Asia xalqaro mukofoti bilan e’tirof etildi.

Bu e’tirof AloqaBankning zamonaviy texnologiyalarni o'z faoliyatiga tatbiq etish va bank xizmatlari sifatini rivojlantirish yo'lidagi sa’y-harakatlarining natijasidir.