2023-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida vazirlik rahbariyati, AloqaBank rahbariyati Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki Prezidenti Tan Szyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Mehmonlar O‘zbekistonning AKT sohasidagi yutuqlari bilan tanishishdi. Jumladan, AloqaBank tomonidan zamonaviy texnologik yechimlar, startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash natijasida yaratilgan servislarning imkoniyatlarining taqdimoti namoyish etildi.

Tashrif yakunida AloqaBank va XDTB o'rtasida AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi kredit liniyalarni ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.