AloqaBank va tadbirkor:  muammo,  yechim,  natija!

AloqaBank boshqaruv raisi Belorussiyaning "Bellegprom" konserni raisi Nadejda Lazarevich hamrohligida poytaxtning olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida bo‘lib,  ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Shuningdek,  xorijiy hamkorlar bilan ilg‘or xalqaro amaliyotni korxona faoliyatiga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbirkorlar bevosita bank rahbariyatiga muammolari,  faoliyatda zarur takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bu kabi muloqot,  bank-mijoz munosabatlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib,  yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

2d0593ad-d1d7-4233-a76f-81863a367cea

d74798d0-34ab-463b-bfee-40d03dbe1168