AloqaBank va “Les Ailes” franshiza tarmog‘i o‘rtasida memorandum imzolandi: yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-210-son qaroriga muvofiq, 1 000 nafardan ortiq ish o‘rinlarini yaratgan franchayzing tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda ishsiz yoshlar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida AloqaBank va mamlakatimizdagi yirik “Les Ailes” franshiza tarmog‘i o‘rtasida memorandum imzolandi. Hujjat yoshlar bandligini ta’minlash va ular uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Les Ailes” tarmog‘i O‘zbekiston bo‘ylab 60 ga yaqin filialga ega bo‘lib, ularda 1 500 nafarga yaqin yosh faoliyat yuritmoqda.

Memorandumga ko‘ra, AloqaBank tarmoqni kengaytirish va yangi filiallar ochish uchun tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga, yillik 18% stavkada uzoq muddatli kreditlar ajratishni ko‘zda tutadi.

Hamkorlik doirasida franshiza tarmog‘ining kengayishi bilan bir qatorda, hududlardagi ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va kelgusida ularni mazkur tarmoqda ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ham yaratiladi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan boshqa franshiza korxonalari bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolanib, hududlarda ishsiz yoshlarga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga amaliy ko'mak beriladi, shuningdek, yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini boshlaydi.

AloqaBank va “Les Ailes” o‘rtasidagi ushbu hamkorlik yoshlar bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va franshiza biznesini rivojlantirishga qaratilgan amaliy loyihalardan biridir.


IMG_20260921_150213_958 IMG_20260921_150215_563 IMG_20260921_150216_417 IMG_20260921_150218_943 IMG_20260921_150220_129 IMG_20260921_150221_168 IMG_20260921_150222_317 IMG_20260921_150224_565