Аloqabank tomonidan “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilgan koʼp qavatli binoni sotilishi toʼgʼrisida eʼlon

АT "Аloqabank" (keyingi oʼrinlarda – "Bank") “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʼp qavatli binosini (keyingi oʼrinlarda – "Аktiv" / “Biznes markaz”) ommaviy savdolar orqali sotilishi toʼgʼrisida eʼlon qiladi.

Ushbu bitimga “KPMG” kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda – “KPMG”) sotish jarayonini tashkil etish boʼyicha maslahatchi sifatida jalb qilingan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda – “Davaktiv agentligi”) mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda Bank va KPMG xarakatlarini muvofiqlashtiradi.

Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, investorlar tomonidan mazkur aktivni sotib olishga boʼlgan qiziqishlari oʼrganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazni sotib olishga boʼlgan qiziqishini oʼrganish investorlar bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Investorlarning mazkur Biznes markazni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli (shu jumladan binoni toʼliq sotib olish yoki lotlarga boʼlgan xolda sotib olish) boʼyicha fikrlarini oʼrganilish natijasida koʼra sotish yondashuvi (mexanizmi) va shartlari shakllantiriladi. 

Ushbu biznes markazlarni sotib olishga qiziqishi boʼlgan investorlar quyidagi kanallar orqali batafsil maʼlumotlarni olishlari mumkin:

SSandykbayeva@kpmg.com

MSarsekeyeva@kpmg.com

ZTokanov@kpmg.kz 

NShuxratov@kpmg.co.uz 


Аktiv toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot: АT “Аlokabank” koʼp qavatli binosi

Obʼekt manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Ukchi koʼchasi, 2

Balans saqlovchi: АT “Аloqabank”;

Umumiy maydoni: 81,439 m2;

Umumiy qavatlar soni: 26.


Diskleymer

Davaktiv agentligi va Bank sotish jarayonining ketma-ketligini oʼzgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʼzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʼlgan Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" kompaniyasining Аktivni sotish bilan bogʼliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" oʼz xohishiga koʼra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʼz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʼzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʼyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Bank va "KPMG" kompaniyasi tomonidan koʼzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potentsial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʼra sotish jarayonini toʼxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʼlgan har qanday potentsial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʼzida saqlab qoladi.