26 Okt 2024
Hurmatli AloqaBank mijozlari! Bankomatlarimiz xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilganini ma'lum qilamiz. 2024-yil 28-oktabrdan 10-noyabrgacha bank kartalari biznesini muvofiqlashtirish maqsadida AloqaBank tizimidagi barcha bankomatlar vaqtincha faoliyatini to'xtatadi va ushbu davrda bankomatlardan foydalanish imkoniyati bo'lmaydi. Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Texnik ishlar tugagach, xizmatlarimizni yanada yaxshiroq va ishonchli tarzda davom ettirishga intilamiz!
Hurmat bilan, AloqaBank jamoasi