AloqaBank Silk Road Finance & Technology Forum’da ishtirok etadi!
2026-yil 24–26-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Silk Road Finance & Technology Forum xalqaro moliya va texnologiyalar forumida AloqaBank o‘zining zamonaviy raqamli mahsulotlari va ekotizim yechimlarini taqdim etadi.
Forum doirasida AloqaBank, AloqaBusiness, ZOOMRAD va AloqaVentures yo‘nalishlari bo‘yicha jismoniy shaxslar, biznes vakillari hamda innovatsion loyihalar uchun yaratilgan ilg‘or xizmatlar namoyish etiladi.
Shuningdek, AloqaBank stendida tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv zonalar, mahsulotlar bo‘yicha demo-taqdimotlar va esdalik sovg‘alari taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Biz xalqaro maydonda bank xizmatlarining raqamli kelajagi, innovatsion yechimlar va yangi imkoniyatlarni taqdim etishga tayyormiz.
Forumda ishtirok etish va yangi imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: