Joriy yilning 9-13 sentabr kunlari AloqaBankning "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” xizmati va "Valyuta nazorati va tashqi savdoni moliyalashtirish” departamentining hududlarda faoliyat yurituvchi xodimlari uchun o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tajribali mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi bank va moliya tizimlarida nazoratni kuchaytirish, milliy va xalqaro qonunchlikdagi o'zgarishlar haqida bilimlarni oshirish va amaliy tajribani kengaytirish edi.

O'quv seminar davomida ish jarayonida xodimlarda yuzaga kelayotgan savollarga javoblar berildi, munozarali holatlar tegishli davlat organlari mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

9e4222ed-da0a-440e-9de8-d7c49d98cc7f

87595c5b-fbbc-413d-99b3-df93b4d7b2ed