2024-yil 3-sentyabr kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan “Global Trade Review” (GTR) Osiyo konferensiyasi nafaqat mintaqadagi savdoni moliyalashtirish bo‘yicha muhim tadbir, balki dunyo bo‘ylab ekspertlar va yetakchi moliyaviy institutlar uchun muloqot platformasi sifatida e’tirof etiladi.

Ushbu nufuzli konferensiyada yildan-yilga ko‘plab xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar qatnashadi, bu esa uning mintaqaviy va global moliyaviy hamkorlikda tutgan o‘rnini ko‘rsatadi.

Bu yilgi anjumanning muhim voqealaridan biri — Savdo va ta’minot zanjiri sohasidagi 10-yillik ko'rsatkichlar mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) “Savdo va taʼminot zanjirini moliyalashtirish dasturi” doirasida AloqaBank “O‘zbekistonning yetakchi hamkor banki” mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur mukofot AloqaBankning mintaqadagi savdoni moliyalashtirish sohasida erishgan yutuqlarini e’tirof etish va xalqaro maydonda uning obro‘sini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Maʼlumot uchun bugungi kunda, AloqaBank va Osiyo Taraqqiyot Banki o‘rtasida hamkorlik aloqalari doirasida bank mijozlarining loyihalari moliyalashtirilib kelinmoqda. Jumladan, 2024-yil Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan mijozlarimizning umumiy 45 million AQSH dollari miqdoridagi loyihalari muvaffaqiyatli moliyalashtirildi.

a37c3d35-a7c4-468c-878e-b0a30c8f1569

34932466-0a5a-4b24-9097-706b60175744