Yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi nishonlanayotgan bir vaqtda, AloqaBankning faoliyati davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi va yangi ish o‘rinlari yaratishga qo‘shayotgan hissasi bilan ajralib turmoqda. So‘nggi misollardan biri sifatida Qarshi shahrida “Toy bola” nomli yangi o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi zavodning ishga tushirilishini keltirish mumkin. Ushbu korxona umumiy qiymati 2,5 million dollarga teng bo’lib, bank tomonidan 1,2 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari bilan moliyalashtirildi.

Korxona yiliga 300 tonna o‘yinchoq ishlab chiqarish quvvatiga ega, bu esa, o’z navbatida nafaqat ichki bozorni o‘yinchoqlar bilan ta’minlashda muhim o’rin o‘ynaydi, balki eksport imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Ushbu loyiha natijasida 205 ta yangi ish o‘rni yaratilib, Qarshi shahrida bandlik darajasining oshishiga sezilarli hissa qo‘shildi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashda AloqaBankning tutgan o‘rni hududiy rivojlanishni jadallashtirishda va aholining ijtimoiy farovonligini oshirish bilan birgalikda jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlaydi.

e0daa304-848c-448c-baa4-2474adcda751

485daeb5-77c9-4737-960d-b438329ed3c6

75355e5e-dfb3-43dd-ab88-29df89f0de3e

09e0923e-fb6f-4799-98fb-f3d4e1651a1b

0268f551-5c36-409f-bd6b-6d4e0477fbc2

0fddd631-bc1d-4b31-8da9-f920d5353568

b4d9911a-d8da-44a7-96db-7ac67fdff812