AloqaBank — «GBM Awards 2026» g‘olibi!
AloqaBank nufuzli GBM Awards: CEE, Central Asia & Türkiye 2026 tanlovida moliya institutlari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi obligatsiya bitimi» (Financial Institutions Senior Bond Deal of the Year – Overall) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ushbu mukofot bankimiz tomonidan xalqaro bozorda ilk bor chiqarilgan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilgani uchun taqdim etildi.
Bitimning asosiy ko‘rsatkichlari:
- Emissiya hajmi: 300 mln AQSh dollari
- Muddati va sanasi: 5 yil (2026-yil, may)
- Format: Xalqaro obligatsiyalar (Reg S/144A Senior Unsecured Bond)
- Yetakchi tashkilotchilar: ADCB, Citi, FAB, Mashreq
- Xalqaro yuridik maslahatchilar: Dentons, White & Case
- Mahalliy yuridik maslahatchi: Kosta Legal
Mazkur bitim global moliya institutlarining bizga bo‘lgan yuqori ishonchini tasdiqlaydi hamda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha xalqaro hamkorlarimiz, investorlar va ushbu yutuq ortida turgan jamoamizni yuksak natija bilan tabriklaymiz!