19:00 - mehmonlarni kutib olish

Ekskursiya

19:00 - 20:15 - Bankning raqamli yechimlari haqida umumiy ma'lumot

19:00 - 20:15 - Startap loyihalar taqdimoti

Asosiy marosim

20:30 - 20:35 - Raqamli texnologiyalar vaziri – Bank Kuzatuv kengashi raisi (Shermatov Sherzod Xotamovich) va “Aloqabank” boshqaruvi raisi (Irisbekova Kammuna Narinboevna)ning so‘zi

20:35 - 20:45 - Bankning raqamli ekotizimining taqdimoti. Boshqaruv raisi maslahatchisi (Olimjon Umarov) va boshqaruv raisi o‘rinbosari (Farrux Maxkamov)

20:45 - 21:00 - Bankning brend taqdimoti (15 daqiqa) - FCB Artgroup reklama agentligining kreativ direktori va asoschisi - Shohruh Nizamutdinov va agentlikning akkaunt va digital direktori - Saima Jahongirova

21:00 - 21:10 - AloqaBank brend ambassadori, tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempioni - Nodirbek Abdusattorov va AloqaBankning yangi klipini suratga olgan taniqli rejissyor Аysulton Seitovni taklif qilamiz (10 daqiqa)

21:10 - 21:15 - Videoklip (5 daqiqa)

21:15 - 21:30 - Bankning yangi brend identika taqdimoti – FCB Artgroup kreativ direktori Shohruh Nizamutdinov va agentlik art direktori – Alisher Ahmedov (15 daqiqa)

21:30 – Furshet

Bugungi kunda foydalanuvchilarning tajribasi va kutilmalari o‘zgaryapti. Mijozlar moliyaviy xizmatlar qulay, tezkor va shaxsiylashtirilgan bo‘lishini xohlaydi. Ular real vaqt rejimida o‘z hisoblari haqida maʼlumot olishni, bir tugmani bosish orqali barcha raqamli xizmatlardan foydalanishni istaydi.

Moliyaviy xizmatlar bozori jadal rivojlanayotgan hozirgi paytda banklar mijozlarning talabiga yarasha taklif sifatida eng yaxshi, qulay va jozibador raqamli xizmatlarni taqdim etishga intilib, mijozlarning ehtiyojlariga to‘liq javob berishga harakat qilmoqda.

Joriy yilning 6 iyul kuni Toshkent shahrida AloqaBank tomonidan taklif etilayotgan va foydalanilayotgan raqamli ekotizim taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri – Bank Kuzatuv kengashi raisi Sherzod Shermatov va Bank Boshqaruvi raisi Kammuna Irisbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Taqdimot doirasida yangicha g‘oyalar va startaplar haqida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, bank raqamli ekotizimining quyidagi yo‘nalishlari jadal rivojlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi:

Moliyaviy texnologiyalar:

Zoomrad – Jismoniy shaxslar uchun mobil banking tizimi

JETT – Onlayn investitsiya kiritish tizimi

Deposit.uz – Moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar marketpleysi

Sello Pay – Onlayn to‘lov tizimi

Sunʼiy intellekt texnologiyalari:

Zypl.AI – Intellektual kredit skoring tizimi

Face-ID – Biometrik identifikatsiya tizimi

Cradle AI – Intellektual video tahlil tizimi

Biznesni yuritish:

AloqaBusiness – Yuridik shaxslar uchun mobil banking tizimi

The Mind – Moliyaviy aktivlar monitoringi tizimi

Didox+ – Yuridik shaxslar o‘rtasida moliyaviy hujjat almashinuvi tizimi

E-POS – Elektron to‘lov terminallari xizmati

Business Doc Management – Elektron hujjatlar almashinuvi operatori

Raqamli taʼlim texnologiyalari:

Mohirdev – Masofaviy taʼlim platformasi

Bilgi.uz – IT kurslar uchun marketpleys

Maktabgacha taʼlim billingi – Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun onlayn to‘lov tizimi

Elektron tijorat:

Sello – Mahsulotlar uchun universal marketpleys

Sello Logistics – Mahsulotlarni yetkazib berish xizmati

AllGood – Mahsulotlar uchun universal marketpleys

Elektron davlat xizmatlari:

E-auksion billingi – Savdo maydonchasidagi billing tizimi

MIB billingi – Aliment to‘lovlari bo‘yicha onlayn hisob-kitoblar tizimi

Mening uyim – Kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lov xizmati

Davlat xizmatlari – Elektron davlat xizmatlari va maʼluotlari

Kasb va tadbirkorlik:

Mohirlar – O‘z-o‘zini band qilganlar xizmatlari platformasi

Beautify – Go‘zallik ustalari xizmatlari platformasi

Transport:

ProTok – elektromobillarni quvvatlash stansiyalari xizmati

Mening avtomobilim – avtomobilni boshqarish onlayn xizmati

YOTO – samokatlarni onlayn ijaraga olish xizmati

AloqaBank ekotizimi bank mijozlariga biznesini raqamlashtirishga, hamkorlariga esa raqamli mahsulotlarni taklif qilishga imkon beradi. Taqdimot doirasida eslab o‘tilgan barcha ilova va mahsulotlar AloqaBank tomonidan qo‘llab-quvvatlangan startap loyihalar sifatida bugungi kunda dadil rivojlanib kelmoqda.

Shundan so‘ng AloqaBankning brend yangilanishi bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida tezkor shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni, AloqaBankning brend ambassadori Nodirbek Abdusattorov bankning brend yangilanishi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.