AloqaBank Boshqaruv raisi Buloqboshi tumanida

AloqaBank Boshqaruv raisi Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tuman hokimligi mutasaddilari hamrohligida hudud iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tadbirkorlik subyektlari va soha vakillari bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va raqamlashtirish

Sohaga zamonaviy raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport hajmini kengaytirish, qo‘shimcha qiymat yaratish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat korxonalarini barqaror moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jozibador kredit mahsulotlari taklif etildi.

Qishloq xo‘jaligida daromadni oshirish

Tumanning drayver yo‘nalishlaridan bo‘lgan xonadonlarda uzumchilik va sarimsoqpiyoz yetishtirishni yanada rivojlantirish, ekin navlarini serhosil va samarali navlarga almashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni mavsumga mos sharoitlarda saqlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish orqali tadbirkorlar daromadini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turizm va infratuzilmani rivojlantirish

Tumanning “Shirmonbuloq” tog‘oldi hududida tashkil etilayotgan dam olish maskani imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Hududni mahalliy aholi va sayyohlar uchun zamonaviy hamda qulay dam olish maskaniga aylantirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

41edabe9-6844-4fb4-a8bf-cd93a8f01f8b 2cc91215-11cc-49a9-8cbe-bbe85f7d6c0c 4df7a6bc-21cd-473e-ae33-d04ab7b99e17