2020-yildan beri AloqaBank Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) bilan "Mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidа qoʼshilgаn qiymаt zаnjiri yarаtishni rivojlаntirish" loyihаsi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorlik doirasida bank tomonidan mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 6 million AQSh dollari miqdoridagi Kredit liniya mablag’lari jalb qilindi.

Treningning maqsadi mevа-sаbzаvotchilik tаrmogʼidа qiymat zanjiri haqida toʻliq tushuncha berish, meva sabzavotlarni yetishtirishdan tortib, tayyor hosilni olish hamda sotishgacha boʻlgan butun jarayonidan xabardor bo'lish. Trening davomida mazkur  tаrmogʼdа istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda mevа-sаbzаvotchilik sohasida qiymat yaratishdagi jarayon bo‘yicha bank xodimlari chuqur bilim va malakaga ega boʻlishining ahamiyatiga urg‘u berildi.

AloqaBankning JICA bilan hamkorligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash orqali O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni davom ettirishga hissa qo‘shadigan xalqaro hamkorlik namunasidir.