31 Avg 2023
Bundan 32 yil avval jahon xaritasida mustaqil va suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Jonajon Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixida yangi davr — erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi.
Vatanimiz o‘tgan yillar davomida mustaqilligini har tomonlama mustahkamlab bordi, zamonaviy armiya va xavfsizlik tuzilmalari shakllantirildi, xalqaro maydonda ham o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘la oldi. Xalqimiz dunyoqarashida mustaqillik tuyg‘usi, erk hissi chuqur ildiz otdi, butun boshli yangi avlod — istiqlol farzandlari yetishib chiqdi.
Bugun Mustaqil va ozod yurt farzandlari — yoshlarimiz xalqaro maydonda katta-katta yutuqlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarmoqda. Albatta, bularning barchasi mustaqilligimizning mevasidir.
AloqaBank bugungi eng ulug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi. Tinchlik-omonlik, fayz-u baraka O‘zbekistonimizni hech ham tark etmasin! Erishayotgan yutuqlarimiz bardavom, turmushimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!