Aholi uchun yangi ipoteka imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda
AloqaBank va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida aholi uchun qulay va imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlarini ajratish hamda ularni qayta moliyalashtirish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv asosida AloqaBank tomonidan aholiga birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida xonadon sotib olish hamda uy-joyni ta’mirlash uchun qulay shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi.
Bu tashabbus aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini yanada osonroq hal qilish, ipoteka kreditlariga erishishni soddalashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ 2019-yil 14-oktabr kungi 868-sonli Hukumat qaroriga asosan tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy maqsadi — mamlakat ipoteka bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy qilishdir.