1 Avg 2023
Shaxmatni xodimlar va ularning farzandlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida AT "Aloqabank" tizimida doimiy ravishda shaxmat turnirlari tashkillashtiriladi.
Dam olish kunlari "Jajji g'oyalar ortidagi katta marralar!" shiori ostida Toshkent shahrida 1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan madaniy dastur va bank xodimlarining farzandlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha ikki bosqichli turnir tashkillashtirildi. Musobaqada 100 nafardan ortiq xodimlarning farzandlari qatnashdi.
Natijalarga ko‘ra:
14 yoshgacha bo‘lgan g‘oliblar:
1-o‘rin - Mustafaxon Babaxanov
2-o‘rin - Temurbek Xo‘jayorov
3-o‘rin - Sarvar Qo‘lliyev
10 yoshgacha bo‘lgan g‘oliblar:
1-o‘rin - Aslxo‘ja Sulaymonov
2-o‘rin - Jonibek Burxonov
3-o‘rin - Ibrohimjon Abdurasulov
Shaxmat turnirining barcha ishtirokchilari va g‘oliblari bank bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorligida tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shaxmat aqlni charxlaydi va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Gʻoliblarni tabriklaymiz va keyingi turnirlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilaymiz!