
“ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ochilishi doirasida AloqaBank tomonidan “Talaba kartasi” yangi raqamli loyihasini ishga tushirdi.
Loyihani amalga oshirish maqsadi oliy taʼlim sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, talabalarning zamonaviy raqamli axborot olish bilan birgalikda moliyaviy xizmatlar uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
“Talaba kartasi” loyihasi bir vaqtning o'zida talaba guvohnomasi, ta'lim muassasasi va kutubxonaga ruxsatnoma, VISA asosidagi bank kartasi, onlayn to'lovlar uchun vosita, transport kartasi (ATTO) kabi hizmat turlarini o’z ichiga qamrab olgan. Shunday qilib, “Talaba kartasi” universal vosita sifatida turli xil raqamli xizmatlar va bank xizmatlaridan foydalanish uchun bir qator qulaylik va imkoniyatlarni o'zida mujassam etgan.
Bugungi kunda tajriba sifatida “Talaba kartasi” loyihasi Toshkent moliya instituti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishga tushirildi, lekin kelgusi yildan boshlab loyihani boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham amalga ishlari rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab AloqaBank AloqaBusiness, AloqaVentures, AloqaActive, Zoomrad va AloqaLeasingni o‘z ichiga olgan Aloqa ekotizimining bir qismi hisoblanadi.