
24 Oct 2023
Joriy yilning 25-27 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “ICTEXPO UZBEKISTAN 2023” nomi ostidagi ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Axborot texnologiyalar sohasidagi ushbu yirik voqea 2004 yildan boshlab har yili o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur ko‘rzamada ko‘p sonli ishtirokchilar orasida AloqaBank ham o‘z stendi bilan qatnashmoqda.
Shu yildan e’tiboran Aloqabank, AloqaBusiness, AloqaVentures, AloqaAktiv, Zoomrad va AloqaLizing Aloqa ekotizim tarkibiga kirdi.
Xususan, biznesni samarali yuritish uchun bank o‘z korporativ mijozlari uchun biznes-servis - AloqaBusiness deb nomlangan raqamli platformasi yaratildi. Bu kabi platformalar bank mijozalriga biznes-protsesslarni raqamlashtirishga yordam berib, ularning faoliyatini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. AloqaBusiness raqamli platformasi bank ekotizimining va uning hamkorlarining eng yaxshi mahsulot va xizmatlarini birlashtirdi.
Mazkur ko‘rgazmada bank ekotizimi tarkibiga kiruvchi AloqaVentures venchur fondi, o‘zining stendidan o‘rin olgan, zamonaviy texnologik yechimlarini tanishtirishdan tashqari, startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash natijasida yaratilgan o‘z servislarining imkoniyatlarini ham namoyish etishdi.
Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida Zoomrad mobil ilovasining yangi imkoniyatlari ham namoyish etildi. Shuningdek, masofadan turib navbatni band qilish, avtosug‘urta, Sello marketpleysi xizmatlari, hamda yangi onlayn-chat tanishtirildi. Endilikda mazkur onlayn-chat orqali foydalanuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishlari, hamda o‘z takliflarini yuborishlari mumkin. Mazkur xizmatning ishga tushirilishi, foydalanuvchilarning bir qator muammolariga yechib bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, koll-sentrga qo‘ng‘iroq qilishlariga, navbatda turib bank xodimlariga o‘z masalasini tunishtirishlariga zarurat qolmaydi.
Tashrif buyuruvchilarda yaxshi taassurotlar qoldirish maqsadida, ko‘rgazma hududida AloqaBank qimmatli sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etuvchi bir nechta aksiya va konkurslarni ham o‘tkazmoqda. Xususan, ko‘rgazma davomida ishtirokchilar AloqaBank stendida bank kartasini o‘z didlariga moslagan holda buyurtma berishlari, va shu zahotiyoq bankdan kafolatlangan sovg‘alar to‘plamini hamda qimmatbaho smartfonlarni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Ushbu aksiyalardan tashqari, ishtirokchilar “AloqaBank” va uning hamkorlari xizmatlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 25-27 oktyabr kunlari “CAex” majmuasida (Central Asian Expo Uzbekistan) “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Milliy Bog ko‘chasi 1,
Batafsil ma’lumot olish uchun: Aloqabank.uz veb-saytiga yoki bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bilib olishingiz mumkin.
Koʻrishlar: 66