4 Dek 2023
AloqaBank «8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni» munosabati bilan bank xodimlari uchun seminar tashkil qildi.
Mazkur seminarda AloqaBank rahbariyati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzosi) Valiyev Muhammad Sheraliyevich ishtirok etdilar. Seminar davomida tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha tushunchalar berdilar.
Jumladan, 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartirish kiritilgani, bu safargi o‘zgarishlar ko‘lami katta bolib, hujjat 65 foizga yangilanayotgani sabab konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilingani, undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga ko‘paygani ta’kidlab o‘tildi. Eng asosiysi esa, inson erki va qadr-qimmati davlat tomonidan himoyalanishi kafolatlangani alohida e’tirof etildi.
Ishonamizki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ilg‘or me’yorlari – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi!