12 Sen 2024
Erkaklar terma jamoamiz Trinidad & Tobagoni 3,5-0,5 hisobida mag'lub etishgan bo'lsa, qizlarimiz mukammal hisob 4:0 bilan Gaiti jamoasini taslim etishdi. (Jonli efir)
2-turdagi yigitlarimiz Misr terma jamoasi bilan bahsga kirishsa, qizlar terma jamoamiz Angola bilan to'qnash keladi. Bahslar 18:00da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston Olimpiya o‘yinlarida o‘rtacha reyting bo‘yicha eng kuchli 5 ta terma jamoadan biri sifatida dona surmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasiga keyingi turlarda ham g'alabalar tilab qolamiz!