
21 Okt 2024
Barcha vatandoshlarimizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!
Ona tilimiz – milliy boyligimiz, madaniyatimiz va o‘zligimizning aksidir. O‘zbek tilining nufuzi va qadrini yanada yuksaltirish, kelajak avlodlarimizga chuqur sevgi bilan yetkazish barchamizning burchimizdir.
Bugungi zamonaviy texnologiyalar rivoji jahon iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqmoqda, ayniqsa bank sohasida tilning o‘rni juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bank mobil ilovalari, raqamli xizmatlar va moliyaviy texnologiyalar sohasida o‘zbek tilining keng qo‘llanishi nafaqat milliy madaniyatni saqlash, balki mijozlar uchun xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va tushunarli qilishni ta’minlaydi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro hamkorlikda, xorijiy investorlar va mijozlar bilan ishlashda, hamda yangi bozorlarga chiqishda muhim qadamdir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Har bir kuningiz baxt va farovonlikda o‘tsin, ona tilimiz esa yuraklarimizda hamisha yashnab tursin.