Forum doirasida quyidagi qiziqarli sessiyalar bo'lib o'tdi:

 1. “Raqamlashtirish jarayonini keyingi bosqichi - bank biznesidagi global tendentsiyalar”,

 2. "Toʻlov usullari.  Bankning chakana yo'nalishidagi eng yaxshi biznes yechimlar",

 3. "Zamonaviy xizmat koʻrsatish infratuzilmasi. Naqd va naqdsiz pul muomalasi",

 4. "Transformatsiya va IT infratuzilmasini rivojlanishi. Dasturiy ta'minot va apparat uskunalari"

5. "Raqamlashtirish jarayonining innovatsion yechimlari. Neobanklar".  

Forum doirasida AloqaBank vakillari ham — “Bank, toʻlov mahsulotlari va biznes jarayonlarni raqamlashtirish istiqbolli yechimlari” mavzusi bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida asosiy e’tibor davlat organlari, bank sektori va chakana savdo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, bank-moliya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yangi loyihalarni, jumladan, xalqaro loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan.