11 Noy 2024
11-noyabr — O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni muborak bo'lsin!
Qadrli hamkasblar, hurmatli kasaba uyushmasi a’zolari va faollari Sizlarga samimiy minnatdorchilik va chuqur ehtirom izhor etamiz. Kasaba uyushmasi — bu shunchaki odamlarning birlashtiruvchi manbai emas, balki har birimizni himoya qiluvchi, eshituvchi va ertangi kunga ishonch bag‘ishlaydigan mustahkam va do‘stona oila. Sizning fidoyiligingiz va professionalligingiz sabab har birimiz o‘z manfaatlarimiz himoya qilinadigan, ehtiyoj va istaklarimiz inobatga olinadigan muhitda ishlay olamiz.
Aloqabank Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari, Sizlarga tilagimiz — ko‘plab yutuqlar va yorqin g‘alabalar, yoningizda doimo ishonchli hamkasblar va do‘stlar bo‘lsin. Bayramingiz bilan, qadrli hamkasblar!
Samimiyat va hurmat bilan, AloqaBank jamoasi.