Mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, yurtimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga ilg‘or innovatsion, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy etish, sarmoyalar hajmini ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratishga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan (https://t.me/shmirziyoyev/23288) taqdirlanganlar qatorida AloqaBank mijozlari borligi biz uchun katta faxrdir. Ular: - “Flat Tile” MChJ rahbari — Muradov Abdusattor Asatulloevich, - “Roʻzmetov Z.M” MChJ rahbari — Ro‘zmetov Ziyaviddin Mutanovich, - “World Trading Company” MChJ rahbari — Ibragimov Zayniddin Maxkamovich. AloqaBank mijozlari o‘rtasida mamlakatimiz iqtisodiyoti va tadbirkorlik rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan ko‘plab yetakchi tadbirkorlar bor. Ularning mehnati va sa’y-harakatlari nafaqat bugungi kunda, balki kelajakda ham yangi yutuqlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Biz, o‘z navbatida, ularning yutuqlariga doimo ishonamiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulug‘vor marralarni zabt etishni tilaymiz!