AloqaBank rahbariyati va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik” mavzusida seminar o’tkazildi. Seminar davomida, so‘zga chiqqanlar, bank xodimlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, AloqaBank Komplayens-nazorat boshqarmasi tomonidan bugungi kunda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida hisobot berildi.