Navoiyda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

7-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishsizlikni oldini olish, vaqtincha ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy shahridagi Navoiy yuridik texnikumida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka doirasida bir qator tashkilot va korxonalar mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etib, fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashdi. Ushbu yarmarkada AloqaBank Navoiy HKXKM ham o‘zining stendi bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida bank tomonidan yoshlarga mo‘ljallangan yangi moliyaviy mahsulotlar, xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bank vakillari ishtirokchilar bilan bevosita muloqot qilib, ularning ishga joylashish borasidagi qiziqishlari va savollariga javob berishdi.