1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan AloqaBank xodimlarining farzandlari o‘rtasida qiziqarli shaxmat musobaqasi tashkil etdi. Ushbu bellashuvda bolajonlar o‘z shaxmat mahoratlarini namoyish etib, faol ishtirok etdilar.

Tadbirda, shuningdek, dunyoga mashhur grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi. Bolalar Nodirbek Abdusattorov bilan shaxmat o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldilar, bu esa ularga katta motivatsiya berdi. Musobaqa yakunida g'oliblar bank tomonidan maxsus tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

6-10 yoshgacha bo‘lgan g‘oliblar ro‘yxati:

  • 1 oʻrin - Obidjonov Asadbek
  • 2 oʻrin - Axmedov Azizbek
  • 3 oʻrin - Batirov Miraziz

10-14 yoshgacha bo‘lgan g‘oliblar ro‘yxati:

  • 1 oʻrin - Xoʻjayorov Temurbek
  • 2 oʻrin - Orifov Umar
  • 3 oʻrin - Babaxanov Ziyovuddinxon

Musobaqada ishtirok etgan barcha bilimdon bolajonlarimizga kelgusi faoliyatlarida va tanlovlarda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz!