“Yoshlar kuni” – tashabbus va imkoniyatlar maydoni
Har payshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan “Yoshlar kuni” doirasida AloqaBankda yosh xodimlar o‘rtasida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bank tizimidagi ishtirokini yanada faollashtirishdir.
Muloqot jarayonida karyera o‘sishi, malaka oshirish dasturlari, ichki treninglar va amaliy loyihalarda yoshlarning rolini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan suhbat davomida bildirilgan takliflar asosida kelgusidagi aniq vazifalar belgilandi.
AloqaBank – yoshlar salohiyatini qadrlaydigan va ularning kelajagiga sarmoya kiritadigan jamoa!