Joriy yilning 12-15 aprel kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan “Umumjahon pul haftaligi” doirasida AT "Аloqabank"ga biriktirilgan Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktabi oʼqituvchilari uchun viloyat yoshlar ijodiyot markazlarida “Moliyaviy savodxonlik oyligi” hamda “Mablagʼlarni banklarda saqlash xavfsiz va foydali jihatlari” mavzusida ochiq darslar oʼtkazilmoqda.

Darslar davomida bank xodimlari va oʼqituvchilar fanlar doirasida moliyaviy savodxonlik darslarini qanday integratsiya qilish borasida zarur koʼnikmalarga ega boʼlishdi.

5-11-sinf oʼquvchilari uchun “Mablagʼlarni banklarda saqlash xavfsiz va foydali” mavzuida start olgan eng yaxshi ochiq darslar tanlovi shartlari bilan tanishtirildi.

Tanlov gʼoliblari joriy yilning 10 may kuni aniqlanib, ular qimmatbaho sovgʼalar bilan ragʼbatlantiriladi.