Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent moliya institutida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda hamda 120 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar (tijorat banklari, sug'urta kompaniyalari, xususiy sektor tashkilotlari, uyushmalar) ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri o'tkazildi.
Mehnat yarmarkada AT “Aloqabank” ham o'zining axborot stendi bilan ishtirok etdi. Tadbirda qatnashgan bitiruvchi-talabalar o‘zlarining kasbiy qiziqishlaridan kelib chiqqan holda qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Mehnat yarmarkani tashkil etishdan asosiy maqsad - Toshkent moliya instituti talabalari va institutni tamomlayotgan yosh mutaxassislarga mavjud bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotlar berish va ularning bandligini ta'minlash bo'ldi.