Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60 va PQ-62-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida Xorazm viloyati Yoshlar ishlari agentligi va Aloqabank Xorazm HKXKM vakillari tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda biznes loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kredit olish mexanizmlarini tushuntirish bo‘ldi.

Talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda muhim ma’lumotlar berildi:

  • Imtiyozli kreditlar va ularni olish tartibi;
  • Biznes-reja tuzish bo‘yicha tavsiyalar;
  • “Yo‘l xaritasi” asosida yangi dasturlar va amaliy mexanizmlar.