Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy qo'llab-quvvatlov
AloqaBank Navoiy HKXKM tomonidan PQ-62-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navbahor tumani, Xashman MFYda yashovchi yosh va tashabbuskor fuqaro Rustamova Aziza Oybek qiziga ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borish uchun 35 million so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Mazkur moliyaviy ko'mak orqali Aziza o'zining raqamli maydondagi faoliyatini yo'lga qo'yish, o'z biznesini rivojlantirish va mustaqil daromad manbaiga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldi.
AloqaBank yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, ularning o'z yo'nalishida erkin harakatlanishi va iqtisodiy faolligini oshirish yo'lida ishtirok etishda davom etadi.
Siz ham biznesingizni boshlamoqchimisiz?
Quyidagi havola orqali ariza qoldiring: yoshtadbirkorlar.uz