Mirzo Ulug‘bek tumani “Iqtidor” mahalla fuqarolar yig‘inida 70-sonli maktabgacha ta’lim muassasining bo‘sh turgan xonalarida bolajonlar uchun yangi “Mental arifmetika maktabi” ochildi. Ushbu mahallada yashovchi fuqaroga imtiyozli kredit ajratish orqali bo’sh turgan xonalar qayta ta’mirlandi va yangi o‘quv markaziga aylantirildi. Bu loyiha nafaqat bolalarning bilimlarini oshirish, balki mahallada yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada bo‘sh turgan bino “Gold Grand Business” mas’uliyati cheklangan jamiyat Lider tadbirkorlikka taklif qilindi. AloqaBank, mahalla va Lider tadbirkor hamkorligida mahallada bo’sh turgan bino ta’mirlanib, to’liq jihozlanib “O‘quv tikuv markazi” tashkil etildi. Bu markaz ayollarni kasb-hunar o‘rgatish, tikuvchilik sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ochilgan.

Yana bir loyiha Mirzo Ulug‘bek tumani “Sultoniya” mahallasida amalga oshirildi. YaTT “Berdieva Nazokat” ga imtiyozli kredit ajratilishi natijasida tikuvchilikni o‘rgatuvchi va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexi tashkil etildi.

Mazkur loyihalar mahallalarda bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanish, mahalliy aholining iqtisodiy faolligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish kabi muhim maqsadlarga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, imtiyozli kreditlar yordamida aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga ham katta hissa qo‘shmoqda.