Hurmatli UZCARD jamoasi (https://t.me/uzcard)! Sizlarni 20 yillik yubileyingiz bilan samimiy tabriklaymiz! O‘tgan yillar davomida UZCARD va AloqaBank o‘rtasidagi hamkorlik ishonchli va samarali bo‘lib, innovatsion texnologiyalar sabab mijozlarimizga qulay va zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini taqdim etishda katta yutuqlarga erishdik. UZCARD jamoasiga yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar, yangi marralarni zabt etish va innovatsiyalar yo‘lida davom etishingizni tilaymiz. Hamkorligimiz bardavom bo‘lsin, va kelajakda ham ko‘plab yutuqlarni birgalikda nishonlaymiz! Hurmat bilan, AloqaBank jamoasi.