
Kobeydj karta – UzCard va UnionPay toʻlov tizimlarining hamkorlikdagi kartasi boʻlib, undan har ikkala toʻlov tizimining infrastrukturasida foydalanish mumkin. Kobeydj karta milliy valyutadagi (soʻm) yagona hisobraqamga bogʻlangan boʻlib, soʻmni AQSh dollariga bir zumda avtomatik ravishda konvertatsiya qilinishi evaziga uning saqlovchisiga dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Kobeydj kartalarining afzalliklari:
- Oʻzbekiston va dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida foydalanish imkoniyati;
- Xorijiy valyutada toʻlovlar amalga oshirilayotganida milliy valyutadagi mablagʻlarning avtomatik tarzda konversiya qilinishi;
- Kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish – NFC, koʻp bosqichli himoya tizimi;
- Zoomrad va mobil ilovalarga ulash imkoniyati;
- UnionPay infratuzilmasining barcha imtiyozlaridan bahramand boʻlish;
- UzCard va Humo tizimida kartadan-kartaga pul oʻtkazmalari.
Kontaktsiz kartalardan qanday foydalanish mumkin?
Kontaktsiz to’lovni NFC logotip tushirilgan terminallar orqali amalga oshirish mumkin.
To’lov jarayoni quyidagicha:
- Karta saqlovchisi kassir tomonidan kiritilgan to’lov summasini tekshiradi;
- Kontaktsiz karta ma'lumotlarni o’quvchi qurilmaga yaqinlashtiradi;
- ovozli signal chalinadi hamda ekranda to’lov amalga oshirilganligi haqida malumot ko’rsatiladi;
- Terminal o’chib yonadi (mablag’larning ikki marta yechilishini oldini olish maqsadida).
Chet elda to’lovlar amalga oshirilganida kobeydj karta hisobraqamidan mablag’lar bankning valyuta ayirboshlash punktlarida AQSh dollariga nisbatan o’rnatilgan sotuv kursi bo’yicha so’mda yechib olinadi.