Navoiy shahrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholini bandlik bilan ta’minlash shuningdek PQ-330 sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 22-oktabr kuni Navoiy shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan ana shunday ochiq muloqotda AloqaBank rahbariyati va Navoiy shahar hokimligi ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlarning muammolari, ularning rivojlanish yo‘nalishlari va yangi loyihalar bo‘yicha muhim takliflar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar faoliyatlarini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va shu bilan birga imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, berilgan fikr-mulohazalar asosida yangi tashabbuslar ishlab chiqilishi va ularga zarur sharoitlar ko‘rsatilishi rejalashtirildi.