O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan (https://t.me/shmirziyoyev/23287) mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan katta hissasi, o‘zining tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yana-da kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini taʼminlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok etkan bir qator tadbirkorlarga "Mehnat shuhrati" va “Do‘stlik” ordenlari, shuningdek "Kelajak bunyodkori" va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar safida bizning hurmatli mijozlarimiz ham bor! AloqaBank jamoasi nomidan Andijon shahridagi “Dinar Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Tillabayev Xadiyatullo Axmadullayevichni “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz! Mazkur mukofot bu nafaqat tadbirkorlarning shaxsiy yutuqlarini tan olish, balki bankimiz samarali faoliyatini yorqin tasdig‘idir. Moliyaviy yechimlarimiz biznesni rivojlantirishga va mamlakatimiz farovonligiga hissa qo‘shishga yordam berayotganidan xursandmiz! Qadrli mijozlarimiz ishonchingiz uchun rahmat, birgalikda samarali ishlashda va harakat qilishda doim tayyormiz!