Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
2026-yil 16-sentabr kuni AloqaBank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari A.T. Xolmuradov hamda Mahallabay ishlash tizimini muvofiqlashtirish departamenti direktor o‘rinbosari J. Nizomiddinov ishtirokida Surxondaryo viloyati Uzun tumani Yoshlik MFY hududida tadbirkor ayol S.S. Gulboevaning bolalar bog‘chasini tashkil etish bo‘yicha loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyihaning amalga oshirish imkoniyatlari, yaratilishi rejalashtirilayotgan sharoitlar, faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur tashabbus orqali aholi uchun qo‘shimcha xizmatlar yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
AloqaBank tomonidan hududlarda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.