Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
AloqaBank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari A.T. Xolmuradov, Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimi X. Bozorov hamda Mahallabay ishlash tizimini muvofiqlashtirish departamenti direktor o‘rinbosari J. Nizomiddinov ishtirokida 2026-yil 14-sentabr kuni Uzun tumani Mehnat MFY hududida tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari va aholi vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar, biznes faoliyatini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda bandlik bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
AloqaBank tomonidan hududlarda tadbirkorlar va aholi bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.