O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami arafasida, Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi va viloyatdagi tijorat banklari xodimlarining fidokorona mehnati e'tirof etildi. Tantanali marosimda bank tizimining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar, jumladan, AloqaBank Samarqand Hududiy kompleks xizmat ko'rsatish markazi (HKXKM) direktori — Xislat Po‘lotov alohida e'tirof etildi. Shuningdek, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki taʼkidlanib, hamkasbimizga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ta'kidlash joiz, mazkur mukofotlar Samarqand viloyatidagi bank sohasidagi xodimlarning kelgusi yillarda ham faoliyatini yanada rivojlantirishga, moliyaviy xizmatlarning sifatini oshirishga va jamiyatdagi jamoat ishlariga yanada faol qatnashishga undaydi.