Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumiga mezbonlik qiladi! 

2025-yil 23-25-iyun | “Silk Road Samarkand”majmuasi, O‘zbekiston. 

O‘zbekistonda ilk marotaba tarixiy Samarqand shahri Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli Davlat xizmati forumi - 2025ga (UNPSF) mezbonlik qiladi. Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga to‘playdi. 

Mavzu: "2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish" 

Tashkilotchilar:

  • BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) 
  • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 
  • O‘zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi 
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 
Forum 23-iyun — BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Batafsil….