Qamashi tumanida zamonaviy o‘yinchoqlar ustaxonasi ish boshladi
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi O’ralova Aziza Shamsiddin qizi Prezident qarorining PQ-62-sonli qarori asosida AloqaBank orqali imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Tadbirkor tomonidan bolalar uchun xavfsiz, sifatli va jozibali yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ustaxona tashkil etildi. Loyihani amalga oshirish natijasida 6 nafar mahalliy ayol uchun ish o‘rni yaratildi. Ustaxonada kuniga 80 dan ortiq o‘yinchoq ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur mahsulotlar ekologik toza materiallardan tayyorlanib, bolalar salomatligi va xavfsizligini to‘liq hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat sifatli bolalar mahsulotlarini mahalliy bozorda taqdim etish, balki ayollar bandligini ta’minlash va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qilmoqda.