AloqaBank rahbariyati hamda Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirkorlarning sohadagi dolzarb muammolari o‘rganilib, ularning takliflari tinglandi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar mavjud muammolarni ochiq-oydin muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish, kredit olishda uchraydigan qiyinchiliklar, biznesni kengaytirishda duch kelinadigan to‘siqlar kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek AloqaBank tomonidan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-312-sonli qarori va PF-109-sonli Farmoni doirasida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida keng tushuncha berildi. Ular uchun imtiyozli kreditlar ajratish, biznesni boshlash va rivojlantirishga yordam beradigan faktoring xizmatlari kabi imkoniyatlar taqdim etildi. Ushbu qarorlar doirasida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, jumladan, qulay kredit shartlari bo‘yicha keng qamrovli ma'lumot berildi.