O‘zbekistonda birinchi “Startup Garage” tashabbusi

Startup Garage — innovatsion va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus bo‘lib, O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu loyiha yosh va iste’dodli tadbirkorlarga zarur resurslar, bilimlar va ko‘nikmalar taqdim etib, ularning loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, AloqaBank, AloqaVentures va Mohirdev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib bugungi kunda amalga oshirildi.

Tashabbusning asosiy g’oyasi yangi startap loyihalarini rivojlantirish va har bir loyihada kamida 10 kishidan ish o‘rinlarini yaratishdir, shuningdek Startup Garage yiliga 20 dan ortiq startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni reja qilgan. Bu tashabbus orqali O‘zbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish ustuvor maqsad qilib qo‘yilgan.

Startup Garage yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi

Bugungi kunda Startup Garage 5 ta loyihani o‘z tarkibiga olgan:
Magicbot — SaaS B2B e-commerce platformasi,
Humocommerce — tijorat va chakana savdo tizimlashtirish platformasi,
Pulse EV — elektr transport vositalari uchun zaryadlash stansiyalari oʻrnatuvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniya,
Ish.uz — ish qidirish va kadrlar yollash platformasi,
Vamar TMS — transport menejment tizimi.

Startup Garage’da qatnashishning afzalliklari: loyihalar zarur resurslar va tajribali murabbiylar bilan ta’minlanadi, startaplar uchun sarmoya jalb qilish imkoniyatlari yaratiladi, yirik moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyati mavjud, shuningdek loyihalarga marketing va reklama bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Startup Garage’ga loyihasiga a’zo bo’lish istagida bo’lganlar: startupgarage.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki +998770475753 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.