17 Yan 2025
“Ishga marhamat” monomarkazida AloqaBank boshchiligida tashkil etilgan ko‘rgazma davomida bankimiz tomonidan amalga oshirilayotgan mikroloyihalar, innovatsion mahsulotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar keng yoritildi.
Navoiy shahridagi mahallalarda 2024-yil davomida AloqaBank Navoiy Hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 30dan ortiq mikroloyihalar amalga oshirildi. 2025-yilda yanada ko'proq yangi mikroloyihalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
AloqaBank nafaqat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, balki mahalliy aholi farovonligini oshirish yo‘lida barqaror va samarali tashabbuslarni amalga oshirishda davom etadi!